Xorazmda ikki ishchi quduqda gazdan zaharlanib, vafot etdi

19:54 27 Iyun 2021 Jamiyat
1341 0

“Xorazm suv taʼminoti” MCHJ Urganch tuman boʻlimiga qarashli oqova suv haydash stansiyasining ikki ishchisi quduqda gazdan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda MCHJ axborot xizmati xabar qildi.

Voqea 26-iyun kuni taxminan soat 19:56 larda Urganch tumani «Oltin koʻl» MFY hududida joylashgan 1-sonli oqova suv haydash stansiyasida (KNS) sodir boʻlgan. 2 nafar ishchi oqova suvlarni haydash stansiyasidagi nasosni tozalash maqsadida quduqqa tushgan.

Xabarda qayd etilishicha, ishchilar texnik xavfsizlik va shaxsiy himoya qoidalariga rioya qilishmagan. Natijada, taxminan toksik gazdan (serovodorod) zaharlangan va voqea joyida vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер