Toʻliq bosqichda emlanmagan insonda koronavirus yuqsa ham yengil oʻtadi — mutaxassis

SSV Matbuot xizmati koronavirus va vaksinatsiya haqidagi savollarga Zangiota tumanidagi 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar HUSANOV javob berdi.
— Bugun odamlar orasida “koronavirusga qarshi vaksina olsa ham kasallanish mumkin ekan”, degan gap-soʻzlar yuribdi. Bu qanchalik toʻgʻri?
— Shuni aytish kerak, hozirda olinayotan barcha vaksinalar koronavirusning mavjud shtammlaridan himoya qila oladi. Eng asosiysi, “COVID-19»ga qarshi emlanish kasallikning noxush va ogʻir asoratlaridan asraydi. Toʻgʻri, ayrim hollarda vaksina olgandan keyin ham kasallanish mumkin, biroq bu holat asosan vaksinatsiyaning faqatgina birinchi bosqichidan oʻtgan, yaʼni uni belgilangan tartibda toʻliq olmagan insonlarda kuzatiladi.
Xususan, ayni paytda shifoxonamizda davolanayotgan 11 nafar bemor aynan birinchi vaksinatsiya bosqichidan soʻng shifoxonaga murojaat qilgan boʻlib, ularning immun tizimida neytrallovchi antitanachalarning (Nab) titri hali toʻliq shakllanmagan davrda kasallanish yuz bergan. Biroq shunday boʻlgan taqdirda ham bunday bemorlarda xastalik yengil va simptomlarsiz oʻtadi. Yaʼni, ogʻir asoratlar va oʻlim holatiga olib kelmaydi.
Aslida esa koronavirusga qarshi immunitet vaksinaning ikkinchi yoki uchinchi dozasidan soʻng 3 hafta davomida shakllanadi. Shu davrda emlangan inson oʻzini shaxsiy muhofaza qilishi oʻta muhimdir.
Shu maʼnoda, koronavirus infeksiyasi tufayli ogʻir ahvolga tushib qolgan bemorlarni davolayotgan shifokor sifatida barcha yurtdoshlarimizdan vaksinatsiya tadbirlariga jiddiy eʼtibor berishlarini soʻragan boʻlardim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring