Unumdor yer qatlamiga zarar yetkazgan fermer xoʻjaligi rahbariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

11:20 26 Iyun 2021 Jamiyat
884 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “O.” fermer xoʻjaligiga gʻallachilik-sabzavotchilik-uzumchilik uchun ajratilgan 52,4 gektar yer maydonini xoʻjalik rahbari belgilangan yoʻnalishlarda foydalanmasdan, bino-inshoot qurishga ruxsat beruvchi hujjatlari mavjud boʻlmasa-da, oʻzboshimchalik bilan 0,20 gektar yerda qurilish ishlarini amalga oshirganligi hamda 0,18 gektar yerning unumdor qatlamidan tuproq kovlab olganligi natijasida jami 0,38 gektar yer maydonining qishloq xoʻjaligi oborotidan chiqishiga yoʻl qoʻyib, davlat va jamiyat manfaatlariga 279,6 mln soʻm zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fermer xoʻjaligi rahbari U.Q. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (oʻzboshimchalik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер