Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni mustahkamlash boʻyicha strategik yondashuvlari qanday?

Ushbu savolga joriy yilning 25-iyun kuni Markaziy Osiyo xalqaro instituti va Taraqqiyot strategiyasi markazi bilan birgalikda tashkil etilgan davra suhbatida atroflicha javob berildi.
Tadbir “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni mustahkamlash boʻyicha strategik yondashuvlari” mavzusida tashkil etildi.
Unda Oʻzbekistonning koʻplab axborot-tahliliy tuzilmalari, xususan, Markaziy Osiyo xalqaro instituti, Taraqqiyot strategiyasi markazi, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Oʻzbekiston Milliy universiteti vakillari ishtirok etishdi.
Mazkur forum doirasida Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish masalalari boʻyicha fikr almashildi hamda hamkorlikning turli sohalarida ikki mintaqaning mavjud salohiyatini amaliy tatbiq etish boʻyicha aniq takliflar muhokama qilindi.
Tadbir davomida Markaziy Osiyo Xalqaro Instituti direktori Anvar Nasirov va Taraqqiyot strategiyasi markazi direktori Eldor Tulyakov soʻzga chiqib, yigʻilganlarni samimiy qutladi.
Soʻzga chiqqanlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan mamlakatimizning mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash, Markaziy Osiyoni tinchlik, xavfsizlik va barqaror rivojlangan mintaqaga aylantirishga qaratilgan yangi tashqi siyosiy strategiyasining uzviy davomi ekanini qayd etdilar.
Ahamiyatli tomoni shundaki, bugungi kunda davlat rahbarining siyosiy irodasi va izchil saʼy-harakatlari tufayli, Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida aloqalarni yana-da kengaytirish orqali oʻzaro ishonch va qoʻllab-quvvatlash borasida yangi siyosiy muhit shakllandi. Bu esa mintaqalararo savdo-sotiq, sanoat, investitsiya, energetika, transport va tranzit, taʼlim, xavfsizlik, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ekologiya kabi koʻplab sohalarida mintaqalar aholisining ijtimoiy hayoti va turmush tarzini yaxshilash imkonini yaratadi.
Tadbir davomida kelgusida oʻzaro savdo aylanmasi hajmining sezilarli darajada oʻsishi, sanoat kooperatsiyasi hamda transport va tranzit sohasidagi aloqalarni yana-da faollashishi alohida taʼkidlandi.
Global pandemiya sharoitida ham, Markaziy Osiyo davlatlari oʻzaro ijobiy hamkorlikni yoʻlga qoʻya oldi, bunda mintaqaviy aloqalarni chuqurlashtirish, barqaror rivojlanayotgan mintaqani shakllantirishga koʻmaklashuvchi talab qilinadigan jarayon ekanligini namoyish etdi.
Shu munosabat bilan, Markaziy Osiyo davlatlari nafaqat iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish, balki mintaqalararo oʻzaro bogʻliqlikni yangi mintaqalar darajasiga chiqarish uchun siyosiy jihatdan muvofiqlashtirilgan harakatlarni taʼminlash muhimligi taʼkidlandi.
Aytish joizki, Markaziy Osiyo mamlakatlarining dengizga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqish imkoni mavjud boʻlmagani bois, ularning iqtisodiy rivojlanishi, maqsadlari va strategiyasi koʻp jihatdan yaqin mintaqaviy hamkorlikka uzviy bogʻliqdir.
Shu nuqtayi nazardan, Janubiy Osiyo qariyb 2 milliard aholi va yalpi ichki mahsulotning yuqori oʻsish surʼatiga ega mintaqa sifatida, ayni paytda global iqtisodiy markazlardan biriga aylanib borayotgani, Markaziy Osiyo mintaqasi uchun tashqi iqtisodiy hamkorlikning muhim strategik yoʻnalishini anglatadi.
Maʼlumki, azaldan Janubiy Osiyo Markaziy Osiyo mintaqasi bilan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy-sivilizatsion jihatdan bir-biriga chambarchas bogʻliq mintaqa hisoblanadi.
Tadbir ishtirokchilarning fikriga koʻra, ikki mintaqa oʻrtasidagi aloqalar koʻp asrlar davomida intensiv savdo-sotiq, ilmiy gʻoyalarni targʻib etish va oʻzaro madaniy aloqalar hamda koʻplab migratsiya oqimlari bilan mustahkamlanib bormoqda.
Bugungi kunda, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy oʻsish va barqaror rivojlanish yoʻlida ildam qadam tashlamoqda.
Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarida amalga oshirilgan islohotlar va iqtisodiy rivojlanishning yangi oʻsish nuqtalarini aniqlash orqali, ikki mintaqa oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni tiklash uchun qulay imkoniyatlar yoʻli ochildi.
Asosan, Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi mintaqaviy munosabatlarning muhim jihati sifatida, bu borada Afgʻonistonning roliga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Qayd etilishicha, Afgʻoniston xalqaro infratuzilma loyihalariga qoʻshilishi sababli, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarini birlashtirishga moʻljallangan transport yoʻlaklarini rivojlantirishda yangi strategik imkoniyatlar yoʻli ochilayotgani aytildi.
Shu nuqtayi nazardan, ishtirokchilar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Afgʻonistonda tinchlik harakatlarini muvofiqlashtirish uchun BMT ning Afgʻoniston boʻyicha doimiy qoʻmitasini tashkil etish tashabbusi, shuningdek bu haqda Tashkilot Bosh assambleyasining 75 yillik yubiley sessiyasida eʼlon qilingani mamlakatda doimiy siyosiy kelishuvni targʻib qilinishi taʼkidladi.
Mutaxassislarning fikriga koʻra, ikki mintaqaning geografik jihatdan yaqinligi tufayli, Markaziy va Janubiy Osiyoda toshqin va qurgʻoqchilik, koʻchkilar, tuproq yemirilishi, global iqlim oʻzgarishi va shunga oʻxshash tabiiy ofatlar va hodisalar kuzatilmoqda.
Qolaversa, ushbu zararni minimallashtirish boʻyicha yechimlarni birgalikda ishlab chiqish, shuningdek, mintaqalar davlatlarining muammolariga yechim izlash va iqlim oʻzgarishi oqibatlariga qarshi kurashish boʻyicha pozitsiyalarini birlashtirish uchun imkoniyat yaratadi.
Davra suhbati yakunlari boʻyicha, ekspertlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan iyulda oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo — mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi oliy darajali konferensiyaga alohida toʻxtalib oʻtdilar.
Ikki mintaqaning yaqinlashuvi Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlarining iqtisodiy, transport va logistika, investitsiyaviy manfaatlariga toʻliq mos kelishiga ishonch bildirildi. Bu esa, keng koʻlamli yoʻnalishni yana-da chuqurlashtirish va ular oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda muhim turtki boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring