Toshkentda uyi yonib ketgan fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizdagi “Samarqand darvoza” mahalla fuqarolar yigʻinidagi 4 ta xonadonda yongʻin chiqqani haqida xabar tarqalgan edi. Shundan keyin “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi fondning Toshkent shahar boʻlimi bilan hamkorlikda tabiiy ofatdan aziyat chekkan fuqarolarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdi.
— Xonadoni yonib ketgan aholiga 3 bosqichli moddiy yordam koʻrsatildi, – deydi fondning Toshkent shahar boʻlimi raisi Abdurashid Dalaboyev. – Birinchi bosqichda ularga oziq-ovqat mahsulotlari berilgan boʻlsa, ikkinchi bosqichda qurilish materiallarini olib berdik. Bundan tashqari, uyi yonib ketgan 4 nafar fuqaroning har biriga 4 million 900 ming soʻmdan moddiy yordam ajratildi.
Taʼkidlash oʻrinliki, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tabiiy ofatdan aziyat chekkan fuqarolarga ham moddiy yordam koʻrsatib kelmoqda. Bundan oldin fond tashabbusi bilan Boʻstonliq tumani “Chinor” mahallasida sodir boʻlgan yongʻindan aziyat chekkan fuqarolarga 225 million soʻm moddiy yordam ajratgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring