Prezident Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etadi

13:23 17 May 2021 Siyosat
924 0

Bugun Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari — Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov brifing oʻtkazdi. Unda joriy haftada davlatimiz rahbari ishtirok etadigan tadbirlar rejasi haqida maʼlumot berildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Xususan, ushbu haftada texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya tizimini takomillashtirish yuzasidan taqdimot, shuningdek, sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlarning samaradorligini oshirish hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish yuzasidan videoselektor hamda koʻp kvartirali uy-joylarga xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari boʻyicha yigʻilish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari Jahon banki prezidentining Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha oʻrinbosari Anna Berdeni qabul qiladi.

Oʻzbekiston Prezidenti Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishida kuzatuvchi davlat rahbari sifatida ishtirok etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?