Oilaviy poliklinikalar negizida tezkor reanimatsion guruhlar tuzish kerak

21:34 20 Iyul 2020 Siyosat
1240 0

Soʻnggi kunlarda ayrim hududlarda koronavirus bilan kasallanish holati aholi orasida keskin oʻsib borayotganining guvohi boʻlyapmiz. Bu birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tizimini kasalliklarning oldini olish, aholi oʻrtasida profilaktika va patronaj ishlariga yetarli darajada ulgurmayapti, deb baholashga asos boʻladi.

Chunki ayrim oilaviy poliklinikalar va qishloq oilaviy poliklinikalari aholi yashash punktlaridan olis manzilda joylashgan. Natijada aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishda, kasalliklarning oldini olishda, ming afsuski, kechikish holatlarini yuzaga kelmoqda.

Fikrimcha, hozirgi kundagi vaziyatdan kelib chiqib, 2017-yil 29-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarorga asosan faoliyati tugatilgan 658 ta QVPlar hamda hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan barcha QVPlar va oilaviy poliklinikalar negizida tezkor reanimatsion guruhlar tuzish zarur. Ular har bir mahalla fuqarolar yigʻinidagi holat bilan har kuni tanishib chiqishi, kerak boʻlsa, test olish uchun mutaxassislarni tayyorlash tizimlarini yoʻlga qoʻyish kerak, deb oʻylayman.

Ayniqsa, fertil yoshidagi va homilador ayollar, bolalar, shuningdek, oʻzgalar yordami va ijtimoiy himoyasiga muhtoj yolgʻiz keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, surunkali kasallikka chalinganlar oʻrtasida patronaj ishlarini muntazam olib borishni tashkil etish zarur. Bu – bugunning talabi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda hududlardagi boshqarmalar vaziyat bundan-da murakkablashmasdan turib, barcha zaruriy choralarni koʻrishiga umid qilamiz.

Dilbar MAMAJONOVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

OʻzXDP fraksiyasi aʼzosi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер