Messi “Inter Mayami” bilan shartnomasini uzaytirdi
“Inter Mayami” jamoasi oʻz futbolchisi Leonel Messi bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klubning rasmiy sahifasida xabar berildi.
Unga koʻra, AQSh klubining Messi bilan yangilagan shartnomasi 2028-yilgacha amal qiladi. Ushbu yillar uchun Messining maoshi ham maʼlum miqdorga oshishi taxmin qilinmoqda.
Messi yangi shartnoma orqali 2026-yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan “Inter Mayami”ning yangi stadioni — “Mayami Fridom Park”ning ochilishida ham klub safida boʻlishi kutilmoqda.
Bu haqda futbolchining oʻzi ham quyidagi fikrlarni aytib oʻtgan:
“Bu yerda qolishim va nafaqat orzu, balki chiroyli haqiqatga aylangan ushbu loyihani davom ettirishim meni juda baxtli qiladi. Ayniqsa, “Mayami Fridom Park” stadionida oʻynash. Mayamiga kelganimdan beri men juda baxtli boʻldim, shuning uchun bu yerda faoliyatimni davom ettirishimdan chin dildan xursandman.
Biz hammamiz “Mayami Fridom Park”da oʻynashimizni intiqlik bilan kutyapmiz. Bunday ajoyib stadionda, oʻz uyimizda oʻynash juda oʻzgacha tuygʻular beradi” , degan Messi.
Maʼlumot uchun, Leo 2023-yildan beri “Inter Mayami” safida oʻynab kelmoqda. U ushbu mavsumda chempionatning 28 oʻyinida 29 gol urdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring