Attestatsiya jarayonlarini toʻgʻridan-toʻgʻri efir orqali kuzatib borish imkoniyati yaratildi

11:03 22 Oktyabr 2025 Jamiyat
171 0

Attestatsiya jarayonlarini onlayn kuzatib borish uchun maxsus sayt ishga tushirildi. Bu haqida “Taʼlim nazorati” Telegram-kanali xabar berdi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlarini shaffof tashkil etish maqsadida test sinovlarini toʻgʻridan-toʻgʻri efir (real vaqt rejimida) orqali kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Test jarayonlarini «https://cams.uzedu.uz/» havolasi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin boʻladi.

Maʼlumot uchun, bugun, 22-oktyabr sanasida boʻlib oʻtadigan test sinovlarida umumtaʼlim maktablarining geografiya, biologiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlari oʻqituvchilari ishtirok etadi. Ertaga, 23-oktyabr kuni esa informatika va axborot texnologiyalari fani oʻqituvchilari qatnashadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?