Myunxen klubi Germaniya tarixida rekord oʻrnatdi
Myunxenning “Bavariya” klubi Germaniya futboli tarixida yangi rekord oʻrnatdi. Bu haqda “Opta” nashri xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, “Bavariya” jamoasi 2024/2025-yilgi mavsumni qatorasiga 12 ta gʻalaba bilan boshlab, Germaniya klublari tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.
Bu yilgi mavsum startidan beri myunxenliklar Bundesligada “Augsburg”, “Leypsig”, “Gamburg”, “Xoffenhaym”, “Verder”, “Ayntraxt”, “Borussiya Dortmund” kabi raqiblarini magʻlub etdi. Shuningdek, UYEFA Chempionlar ligasida “Pafos”, “Bryugge” va “Chelsi” ustidan, Germaniya kubogida “Vehen”, Germaniya Superkubogida esa “Shtutgart” jamoasiga qarshi gʻalabaga erishgan.
Eslatib oʻtamiz, Yevropa TOP-5 chempionatlari klublari orasida mavsumni eng koʻp gʻalaba bilan boshlash boʻyicha rekord hozircha Italiyaning “Milan” klubiga tegishli — “rossonerilar” 1992-yilgi mavsumda qatorasiga 13 ta gʻalaba qayd etgan.
Agar “Bavariya” keyingi ikki uchrashuvda — “Kyoln” va “Borussiya Menxengladbax”ni magʻlub etsa, u holda Yevropa TOP-5 mamlakatlari klublari orasida ham mutlaq rekordchiga aylanishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring