Qirgʻizistonda qor qoploni rasman milliy ramz sifatida tan olindi
Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi mamlakatning milliy ramzi sifatida qor qoplonini (ilbars) tan oldi. Hujjat Vazirlar Mahkamasi raisi Odilbek Qosimaliyev tomonidan imzolandi va unda ilbarsning rasmiy logotipini qabul qilish hamda undan foydalanish tartibi belgilab berildi.
Bu qaror Qirgʻiziston prezidentining “Qor qoplonini Qirgʻiziston Respublikasining milliy ramzi sifatida tan olish toʻgʻrisida”gi farmonini amalga oshirish doirasida qabul qilingan. Hujjat mamlakatning tabiiy va madaniy merosini saqlash, muhofaza qilish hamda ommalashtirishni maqsad qiladi.
Shu bilan birga, Tabiat resurslari, ekologiya va texnik nazorat vazirligiga qor qoploni populyatsiyasi va yashash hududini saqlab qolish boʻyicha maxsus chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklatildi.
Qarorga koʻra, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda tashkilot va muassasalar ushbu talablarga amal qilishi shart.
Maʼlumot uchun, qor qoploni — dunyodagi eng goʻzal va noyob yirtqichlardan biri boʻlib, Markaziy Osiyo togʻlarida, jumladan Himolay, Pomir, Tyan-Shan, Hindikush va Oltoy tizmalarida yashaydi. U 12 mamlakatda — Xitoy, Moʻgʻuliston, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Nepal, Hindiston, Pokiston, Afgʻoniston, Tojikiston va Butanda uchraydi.
Qor qoploni Xalqaro Qizil Kitobga “zaif tur” sifatida kiritilgan. Asosiy tahdidlar qatorida brakonyerlik, yashash joyining qisqarishi va yovvoyi hayvonlar sonining kamayishi qayd etilgan. Hozirgi kunda u milliy bogʻlar va qoʻriqxonalarda qoʻriqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring