Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti tashkil etildi

10:57 22 Oktyabr 2025 Hujjatlar
236 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Kecha, 20-oktyabr kuni Prezidentning “Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 309-son qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

  • seysmik xavfsizlikni taʼminlash va barqaror qurilish sohasi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish va natijalarini amaliyotga joriy etishni taʼminlash;
  • tegishli litsenziya talablari va shartlarini bajargan holda shaharsozlik sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlarining barchasini amalga oshirish.
  • boshqa ilmiy tashkilotlar, jamgʻarmalar, taʼlim muassasalari, shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish orqali birgalikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish.

Institut faoliyati oʻzini oʻzi moliyalashtirish tamoyili asosida tashkil etiladi va Kengashlar nazorati ostida yuritiladi.

Institutga ilmiy unvonlar va ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish va oʻz faoliyatiga mos ixtisosliklar boʻyicha doktorant va mustaqil izlanuvchilarni tayyorlash huquqi beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?