Sunʼiy intellekt dasturlari samarali ishlashi uchun ular, avvalo, oʻzbek tilini mukammal darajada tushunishi zarur – Shavkat Mirziyoyev
Bugun oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36-yil boʻldi.
Prezidentimiz fursatdan foydalanib, butun Oʻzbekiston xalqini ushbu bayram bilan samimiy tabrikladi.
“Bir narsani bilinglar – sunʼiy intellekt dasturlari samarali ishlashi uchun ular, avvalo, oʻzbek tilini mukammal darajada tushunishi zarur”, – dedi davlat rahbari.
Lekin oʻzbek tilidagi adabiyotlar, maʼlumotlar, maqolalar, hisobotlar, ilmiy ishlarning aksariyati raqamlashmagani, elektron shaklga oʻtkazilganlari ham har xil manbalarda saqlanayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Vazirlar Mahkamasiga barcha vazirlik va idoralarning oʻzidagi maʼlumotlarni elektron formatga oʻtkazish grafigini tasdiqlatish, Raqamli texnologiyalar vazirligiga esa sunʼiy intellekt milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizni oʻzida ifodalay olishi uchun “Oʻzbek tili korpusi”ni yaratish topshirildi.
2026-yil yakuniga qadar katta hajmdagi raqamli maʼlumotlarni bir joyga jamlab, ularni qayta ishlash, tahlil qilish, foydalanish imkonini beradigan “Data Lake” platformasini ishga tushirish vazifasi qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Oʻzbekistonda narkojinoyatlar soni 5 yilda 103 foizga oshdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring