Oʻzbekistonda “Turkmaniston madaniyati kunlari” boʻlib oʻtdi — Fotoreportaj
Foto: Davronbek Ernazarov / “Xalq soʻzi”
Oʻzbekiston va Turkmaniston davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida 2025-yilning 20-25-oktyabr kunlari Oʻzbekistonning ikki manzili — qadimiy Xorazm hamda poytaxt Toshkentda “Turkmaniston madaniyati kunlari” tadbirlari boʻlib oʻtdi. Unda, turkman xalqining madaniy merosi, milliy qadriyatlari va ikki xalqni bogʻlovchi qadriyatlar tarannum etildi.
Tadbirlarning Xorazm viloyati mezbonligida oʻtgan qismida, 21-oktyabr kuni Turkmaniston madaniyat kunlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Shuningdek, Xorazm viloyati musiqali drama teatrida Turkmanistonning amaliy bezak sanʼati va fotokoʻrgazmasi, hunarmandlarning mahorat darslari tashkil etildi.
22-oktyabr sanasida esa ayni shu manzilda Turkmanistonning Dashogʻuz viloyati Nurmuhammet Andalip nomidagi musiqali drama teatrining “Iqror otashi” spektakli namoyish etildi.
Shundan soʻng, 23-24-oktyabr kunlari esa “Turkmaniston madaniyati kunlari” tadbirlari poytaxt Toshkent shahrida ham davom ettirildi. Tadbir doirasida Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Turkmaniston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Nursaxet Shirimov bilan hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Turkmanistonning Dashogʻuz viloyati Nurmuhammet Andalip nomidagi musiqali drama teatrining “Iqror otashi” spektakli Oʻzbekiston davlat drama teatrida namoyish etildi.
Bugun, 24-oktabr kuni “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida turkman xalqining boy tarixidan soʻzlovchi muzey ashyolari, tasviriy va amaliy sanʼat namunalari koʻrgazmasi tashkil etildi.
Soʻng esa ayni manzilda “Turkmaniston madaniyati kunlari”ning yopilish marosimiga bagʻishlangan konsert dasturi boʻlib oʻtdi.
Turkmaniston madaniyat vaziri Nursaxet Shirimov boshchiligidagi turkman delegatsiyasi ertaga, 25-oktyabr kuni ikki davlat chegarasi orqali Xorazm viloyatidagi “Shovot” chegara-bojxona oʻtkazish punkti orqali kuzatib qoʻyiladi.
Eslatib oʻtamiz, 2024-yilning noyabr oyida Turkmanistonda “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” tadbirlari boʻlib oʻtgan edi.
Muhsin Umurzoqov,
Davronbek Ernazarov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring