Murojaatlarni sunʼiy intellekt asosida tahlil qilib, yechim berish hisobidan yiliga 16 milliard soʻm tejalmoqda
Yigʻilishda hududlarda ham yaxshi misollar borligi qayd etildi.
Masalan, Urganch shahrida sunʼiy intellekt asosida “Aqlli shahar tizimi” ishga tushirildi.
Situatsion markaz tashkil qilinib, elektr, gaz, suv, issiqlik taʼminoti, boshqaruv-servis kompaniyalari, transport, yoʻl, obodonlashtirish, chiqindi korxonalari yagona tizimga ulangan.
Har bir yoʻnalishdan kelib tushayotgan murojaatlarni sunʼiy intellekt asosida tahlil qilib, tezkor kompleks yechim berish yoʻlga qoʻyilgan. Bularning hisobidan yiliga 16 milliard soʻm tejalmoqda.
Viloyat markazlari va poytaxt tumanlarining barcha hokimlariga Urganchdagi yangi tajribani oʻrganib, yil yakunigacha oʻzida joriy qilish topshirildi.
Boshqa vazirlik va idoralar rahbarlariga ham sohaning ichiga kirib, sunʼiy intellektni joriy qilish boʻyicha imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring