UEFA Chempionlar ligasi oldidan mojaro chiqdi
Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubi Angliyaning “Arsenal” jamoasi ustidan UEFAga shikoyat yoʻlladi. Bu haqda “Championat” nashri xabar berdi.
Gap shundaki, bugun, 21-oktyabr kuni ushbu klublar UEFA Chempionlar ligasi musobaqasining 3-turi doirasida oʻzaro toʻqnash kelishadi. UEFA reglamentiga koʻra, mezbon klub mehmon jamoaning mashgʻulotlari oʻtadigan maydonlar uchun bevosita javobgar hisoblanadi.
Kecha, 20-oktyabr kuni “Atletiko Madrid” jamoasi “Emireyts” stadionida rasmiy mashgʻulot oʻtkazdi. Ammo, stadionda issiq suv yoʻqligi sabab futbolchilar dush qabul qila olmagan. Ayni shu masala yuzasidan “madridliklar” UEFAga shikoyat qilgan.
Eslatib oʻtamiz, UEFA Chempionlar ligasi 3-turidan oʻrin olgan “Arsenal” — “Atletiko Madrid” oʻyini 21-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:55 da start oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Oʻzbekistonda narkojinoyatlar soni 5 yilda 103 foizga oshdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring