Nurafshonda sifatsiz tamaki hamda hujjatlarsiz dori vositalari savdosi toʻxtatib qolindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahri boʻlimi, DXX va Bojxona xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro I.E. “Shova” mahallasida joylashgan uyda 140,6 million soʻmlik 7 turdagi jami 8 ming 400 quti tamaki hamda 30,6 million soʻmlik 12 turdagi 780 dona dori vositalarini oʻtkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Tezkor tadbir xodimlari tomonidan aniqlangan ushbu vositalar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring