Malayziyada qiyin ahvolga tushib qolgan ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
Malayziyada deportatsiya markazida saqlanayotgan va murakkab ahvolga tushib qolgan ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi vatanga qaytariladi,. Bu haqida “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston elchixonasi xodimlari Malayziya Ichki ishlar vazirligi Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazi rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazgan. Unda deportatsiya markazidagi Fargʻona viloyatida tugʻilgan fuqaro M.Yu.ni tez kunlarda Oʻzbekistonga qaytarish boʻyicha kelishuvga erishilgan.
Shundan soʻng, yurtdoshimizning pasporti yoʻqligi sababli unga elchixona tomonidan Oʻzbekistonga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirib berilgan hamda uning yaqinlari koʻmagida “Kuala-Lumpur – Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha aviareysga aviachipta xarid qilingan.
Bundan tashqari, Kuala-Lumpur shahrida qiyin vaziyatda qolib ketgan Samarqand viloyatida tugʻilgan fuqaro J.M.ga Malayziya IIV Migratsiya departamenti tomonidan mamlakatni tark etish uchun maxsus ruxsatnoma olishda amaliy yordam koʻrsatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring