Sibir daryolarini Markaziy Osiyoga yoʻnaltirish taklif qilinmoqda

14:50 30 Mart 2025 Siyosat
288 0

Qirgʻiziston Xavfsizlik kengashi kotibi Marat Imanqulov Sibir daryolari suvini Markaziy Osiyoning qurgʻoqchil hududlariga yoʻnaltirish tashabbusini ilgari surdi. Bu haqida «24KZ» nashri maʼlumot berdi.

Unga koʻra, Marat Imanqulov Bishkekda oʻtkazilgan suvdan foydalanish muammolariga bagʻishlangan tadbirda Sibir daryolaridan suvni Markaziy Osiyoning qurgʻoqchil hududlariga yoʻnaltirish kerakligi haqida soʻz ochgan.

“Qirgʻiziston Respublikasi Qozogʻistonga suv yetkazib berish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarib, uning taqchilligini kamaytirishga va shu orqali Orol dengizini avvalgi holatiga qaytarishga yordam bermoqda.

Bu daryo irmoqlarining barqarorligini taʼminlagan avvalgi iqlim sharoitlarini tiklash imkonini beradi”, — deydi Imanqulov.

Maʼlumot uchun, ushbu loyiha ilk marta 1920-yillarda SSSR davrida ishlab chiqilgan boʻlib, Irtish, Ob va Tobol daryolarining suvini Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Turkmaniston va Tojikistonga yetkazib, qurgʻoqchilik va Orol dengizining qurishining oldini olish maqsad qilingan edi, ammo yuqori xarajatlar va ekologik xavflar tufayli loyiha amaliyotga koʻchmagan.

Hozirgi suv tanqisligi sharoitida loyihani qayta muhokama qilish zarur ekanligi taʼkidlangan. Zamonaviy quvur tizimlari orqali suvni yoʻnaltirish ekologik taʼsirni kamaytirish va yangi ish oʻrinlarini yaratishga yordam beradi, deb qoʻshimcha qilgan Qirgʻiziston Xavfsizlik kengashi kotibi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер