Yer tagida ilon qimirlasa... Salma biladi
Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Gap “Olot” chegara bojxona postida xorijdan kirib kelayotgan har bir yuk mashinasini sinchiklab tekshiradigan Salma laqabli xizmat iti haqida. Kinolog-inspektor Nodirbek Nuraliyev qaramogʻidagi bu jonivor mamlakatimiz hududiga taqiqlangan mahsulotlar, giyohvand moddalarni olib kirmoqchi boʻlgan kimsalarning qilmishini fosh etib, bojxonachilarning qoʻl-qanotiga aylandi.
— Yaqinda Salma ichki hududda noqonuniy tarzda olib oʻtilayotgan toʻrt tup nasha koʻchatini aniqladi, — deydi bojxona xizmati katta serjanti Nodirbek Nuraliyev. — Koʻrib turganingizdek, uning sinchkov nazaridan yuk mashinasining biror-bir qismi chetda qolmaydi. Biror narsaga hid olgan zahoti, odatda, ikki oyogʻini noqonuniy mahsulot yashirilgan joyga tirab turib belgi beradi.

Buxoro viloyat bojxona boshqarmasidan olingan maʼlumotga qaraganda, ayni damda tizimda Salmaga oʻxshab yer tagida ilon qimirlasa biladigan yigirma boshga yaqin xizmat iti parvarish qilinmoqda. Har sakkiz yilda ularning ish qobiliyati maxsus koʻrikdan oʻtkaziladi. Sinov iskovuch itlarning kelgusi taqdirini belgilab beradi. Salmaga kelsak, jonivor endigina 1,5 yoshga kirdi. Katta serjant taʼkidlaganidek, u yana kamida 6,5-yil oʻz xizmat burchini oʻtashda davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Oʻzbekistonda narkojinoyatlar soni 5 yilda 103 foizga oshdi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring