Toshkentda 2,2 milliard soʻmlik yaroqlilik muddati oʻtgan dorilarni muomalaga kiritmoqchi boʻlishdi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Toshkent shahrida 2,2 milliard soʻmlik yaroqlilik muddati oʻtgan dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldini oldi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “A.Ph.” xususiy korxonasi masʼul shaxslari va boshqalar fosh qilingan.
Qayd etilishicha, ular Yunusobod tumani 15-mavzesidagi manzilida joylashgan noturar binoda umumiy bahosi 2,2 milliard soʻmlik yaroqlilik muddati oʻtgan dori vositalarini oʻtkazish maqsadida saqlab kelayotganliklari aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, yangilangan WBO reytingida 7 nafar bokschimiz joy olgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring