Hindiston Rossiyaga “doʻst” boʻlmadi. Dehli Moskvaga ikki marta “yoʻq” degan
Hindiston Rossiyaning ogohlantirishlariga qaramay, Ukrainaga oʻq-dori yetkazib berishda davom etmoqda. Reuters xabariga koʻra, Rossiya ikki marta xavotir bildirib, xat joʻnatgan, biroq Hindiston buni toʻxtatishdan bosh tortgan. Bu haqda “Newsweek” maʼlum qilgan.
Maʼlum boʻlishicha, oʻn yillar davomida mustahkam savdo aloqalariga ega boʻlgan ikki davlat oʻrtasidagi ziddiyatni kuchaytirib yubordi. Hindiston rasmiylari buni oshkora rad etgan boʻlsa-da, Hindiston Ukrainaga artilleriya snaryadlari va boshqa oʻq-dorilarni joʻnatayotgani taxmin qilinyapti.
Hindiston tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Randxir Djaysval yanvar oyida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida bu daʼvolarni rad etdi. Shunga qaramasdan, bojxona maʼlumotlari shuni koʻrsatadiki, Hindiston oʻq-dori ishlab chiqaruvchilari Ukrainani qoʻllab-quvvatlovchi Yevropa mamlakatlariga oʻq-dorilar qismlarini eksport qilgan.
Rossiya yillar davomida Hindistonga harbiy texnika, jumladan, harbiy kemalar va qurol-yarogʻ yetkazib beruvchi yirik davlat boʻlib kelgandi. 2019-yildan 2023-yilgacha Rossiya qurol eksportining 36 foizi Hindistonga toʻgʻri kelgan. Shunga qaramay, xabarlar Hindiston Rossiya qurollaridan voz kechishni boshlaganini koʻrsatmoqda.
Hindiston, shuningdek, Rossiyaning asosiy neft xaridorlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, Dehli Moskva nefti uchun toʻlov amaliyotini oʻzgartirayotgani haqida belgilar mavjud. Ukrainaga oʻq-dori yetkazib berganiga qaramay, Hindiston Yevropaga qurol yetkazib berishni toʻxtatish choralarini koʻrmadi. Xabar qilinishicha, Ukrainaga yuborilgan oʻq-dorilar mamlakatga eksport qilingan umumiy qurol-yarogʻning 1 foizidan kamrogʻini tashkil qiladi.
Bosh vazir Narendra Modi Ukraina-Rossiya mojarosini tinch yoʻl bilan hal etish tarafdori ekanini bildirib keladi. Shuningdek, u Putindan Rossiya armiyasida xizmat qilayotgan hindistonlik fuqarolarning vatanga qaytishiga ruxsat berishni soʻragandi.
Yaqinda Putin Modining iltimosiga javob berib, oʻnlab hindistonliklarni Rossiya armiyasidan boʻshatgan. Zelenskiy esa Modini iyul oyida Moskvaga qilgan tashrifi uchun tanqid qilib keladi. Hozircha rus tomonining Hindistonga beradigan diplomatik javobining shakli nomaʼlum, ammo bunga javob berilishi mumkin.
Avvalroq, Budapeshtdagi eng muhim kunda Oʻzbekiston Hindistonga qarshi saf tortishi haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring