Shavkat Mirziyoyev Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini nishonlashga oid qarorni imzoladi
Foto: Prezident Matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi Qarorni imzoladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 2024-yil oktyabr oyida Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlanadi. Tadbirni yuqori saviyada nishonlash boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi ham ushbu qarorga koʻra tasdiqlandi.
Birinchidan, Imom Termiziyning “Ash-Shamoil al-Muhammadiyya” va “Sunani Termiziy” asarlarini moturidiylik aqidasi va hanafiylik mazhabiga tayangan koʻp jildlik akademik tarjima va sharhini tayyorlash hamda ularni nashr etish belgilandi.
Ikkinchidan, 2024-yil oktyabr oyida Toshkent shahrida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda konferensiya doirasida Termiz shahrida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazish rejasi tasdiqlandi.
Uchinchidan, 2024-yil sentyabr-oktyabr oylarida Termiz davlat universiteti va Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Termiziy allomalarning ilmiy-maʼnaviy merosi: oʻtmish va bugun” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi hamda Imom Termiziy hayoti va ilmiy faoliyatiga oid ilmiy maqolalar tanlovi oʻtkaziladi.
Bundan tashqari, ushbu qonun bilan Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga imom-xatiblar va diniy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Imom Termiziy asarlari boʻyicha hadislar bilimdoni” tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni munosib taqdirlash tavsiya etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring