Bir nechta hududda “tadbirkor”lar 620 million soʻmlik elektrdan tekinga foydalanishmoqchi boʻldi. Departament ish qoʻzgʻatgan

14:58 14 Avgust 2024 Jamiyat
258 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Departamentning Bekobod tuman boʻlimi, IIB va ETK “Zafar” filiali xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Oʻ.B. “B.” MCHJga qarashli yer maydonidagi suv nasoslarini hisoblagichdan tashqari umumiy foydalanishdagi tarmoqqa ulab, jami 310,7 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, Beshariq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.B.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari xoʻjalik ekin yer maydonini sugʻorishda jami 99,6 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ham fosh etilgan.

Yana shu kabi holat Yangiyoʻl shaharida ham aniqlangan. Oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YATT N.K. “Fayzobod” MFY hududidagi savdo doʻkonida konditsioner va muzlatkichlarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga yashirincha ulab, jami 208,9 million soʻmlik elektr energiyasidan pulini toʻlamasdan ishlatgani maʼlum boʻlgan.

“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Samarqand shahridagi bir MCHJ Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi bilan ayblanayotgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?