Yunusoboddagi suv toshqiniga elektr uzilishi sabab boʻlgani aytildi
Avvalroq Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan katta suv oʻtkazgich tarmogʻida nosozlik vujudga kelgani ortidan koʻchalarni suv bosgani haqida xabar berilgan edi. Aniqlanishicha, avariyaga hududdagi qozonxonada elektr energiyasi uzilgani sabab boʻlgan. Bu haqda Toshkent shahar «Suv taʼminot» AJ matbuot kotibi Ravshan Yoqubjonov maʼlum qildi.
«Yaqin hududda joylashgan qozonxonada vaqtincha elektr taʼminoti uzilgani sababli quvurlarda bosim koʻtarilib ketgan va avariya holati yuzaga kelgan. Hozirda qisqa vaqt ichida avariyani bartaraf etish choralari koʻrilmoqda. Mutasaddi rahbarlardan tortib oddiy ishchilargacha barcha tik oyoqda. Vahimaga hojat yoʻq» deydi Ravshan Yoqubjonov.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, katta suv oʻtkazgich tarmogʻida nosozlik bugun, 3-iyul kuni soat 02:23 da vujudga kelgan. Oqibatda 13 ta koʻp qavatli uyning yertoʻla qismi va ichki yoʻllarga suv kirishi kuzatilgan.
«Hodisa tufayli tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq. Vaziyat toʻliq nazoratga olingan. Yaqin soatlarda vaziyat bartaraf etiladi», deyiladi FVV xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring