5 yildan beri bitta tushuncha qonunchilikka kiritilmayapti. Nihoyat bu amalga oshishi mumkin
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining 2024-yil 1-iyul kuni navbatdagi yigʻilishida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga elektron (raqamli) dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Qayd etilishicha, jahon miqyosida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan ayni zamonda elektron (raqamli) ashyolar dalillarning yangi turi sifatida namoyon boʻlishi ushbu birikmaning (elektron dalillar) qonun hujjatlariga kiritilishiga sabab boʻldi.
“Tahlillarga koʻra, bugungi kunda milliy protsessual qonunchilik hujjatlarida elektron (raqamli) dalillar tushunchasi, ulardan foydalanishning oʻziga xos jihatlari va shu bilan bogʻliq masalalar tartibga solinmagan. Hatto elektron dalillarga qanday maʼlumotlar kiritilishi qonunchilikda belgilanmagan. Bu esa axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib kibermakonda sodir etilayotgan huquqbuzarliklar soni ortishiga sabab boʻlmoqda”, deyiladi xabarda.
Qonun loyihasi bilan bir qator kodeks va qonunlarimizga elektron (raqamli) dalillarni aniqlash, toʻplash, taqdim qilish, tekshirish, baho berish, qayd etish, saqlash tartiblari va bu jarayonda protsess ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilash bilan bogʻliq tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, qonunchilik palatasi deputatlari ushbu “elektron dalillar” tushunchasini 2019-yildan beri qonun hujjatlariga kiritishga harakat qiladi. Shunga qaramasdan haligacha bunga erishilmadi.
Avvalroq palataning majlisida ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravishda diniy taʼlim olish jarayoniga jalb qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilash boʻyicha qonun loyihasi koʻrib chiqilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring