V Islom birdamligi oʻyinlari gʻoliblari 5 ming AQSH dollarigacha mukofotlanadi

“Konya shahrida (Turkiya) boʻlib oʻtgan V Islom birdamligi oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar hamda ularning trenerlarini bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirish toʻgʻrisida“gi Prezident qarori (PQ–355-son, 18.08.2022-y.) qabul qilindi.

18:47 18.08.2022
Samarqand viloyatida yil oxirigacha aholining 22 foizi sportga qamrab olinadi

Bugungi kunda Samarqand viloyatida 32 ta sport taʼlim muassasasi, 2 ta olimpiya va paralimpiya kolleji, 4 ta ixtisoslashtirilgan sport maktabi, 24 ta bolalar-oʻsmirlar sport maktabi, bitta futbol mahorati maktabi faoliyat olib bormoqda.

14:47 17.08.2022
Fargʻonada mahalla raislariga sertifikatlar topshirildi

Maʼlumki, joriy yilning may oyida mamlakatimizda amaldagi qonunchilik talablari asosida fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovi boʻlib oʻtdi. Fargʻona viloyatida ham ushbu jarayon uyushqoqlik bilan tashkil etilib, hududlarda munosib nomzodlar MFY raisi etib saylandi.

18:11 08.08.2022
FAO qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari uchun treninglar oʻtkazdi

Qishloq xoʻjaligi sohasi uchun professional trenerlarni tayyorlash maqsadida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan 18-21-iyul kunlari Toshkent viloyatida “Trenerlar uchun trening” tashkil etildi.

17:51 25.07.2022
Qoraqalpogʻistonda tez kunlarda sport maydonchalari qurish ishlari boshlanadi

Sportni rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Abdulla Aslonov hamda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining prorektori Noryigit Dusanovlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Adilbek Allanazarov bilan birgalikda bugun bir qator sport maktablari rahbarlari, trenerlari va xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazishdi.

23:45 22.07.2022
Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov Mayamidan gʻolib boʻlib qaytgan Jahon chempionlarini qutladi

Uchrashuv soʻngida gʻolib oʻquvchilarga kelgusi sport musobaqalarida bundanda yuqori choʻqqilarni zabt etishga tilak bildirildi.

10:02 14.07.2022
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha malaka oshirish instituti tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni...

10:45 05.07.2022
Nodavlat sport-taʼlim muassasalariga davlat binolari bepul ijaraga beriladi

“Nodavlat sport-taʼlim muassasalarida olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha sportchilarni tayyorlash va ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–302-son, 01.07.2022-y.) qabul qilindi.

15:38 04.07.2022
Oʻzbek taekvondosida yangi sahifa ochgan jamoamiz tantanali kutib olindi

24-27-iyun kunlari Koreya Respublikasi taekvondo boʻyicha navbatdagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. Qitʼamizning eng kuchli sportchilari bilan kechgan bellashuvlarda 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritib, oʻzbek taekvondosida yangi sahifa ochgan hamyurtlarimiz diyorimizga qaytib kelishdi.

11:27 29.06.2022
Talabalarning loyihalari uchun 100 mlrd. soʻm imtiyozli kredit ajratiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Prezidentning “Respublika oliy taʼlim muassasalari talabalari bandligini taʼminlash va ularning boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

00:04 25.06.2022

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер