Talabalarning loyihalari uchun 100 mlrd. soʻm imtiyozli kredit ajratiladi

00:04 25 Iyun 2022 Jamiyat
1223 0

Foto: Illustrativ surat

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Prezidentning “Respublika oliy taʼlim muassasalari talabalari bandligini taʼminlash va ularning boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Hujjatda quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • Talabalar bandligini taʼminlash va ularning boʻsh vaqtini samarali tashkil etishning asosiy yoʻnalishlari belgilanadi.
  • Respublika OTMda Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimlari negizida keng tarmoqli “Karyera markazlari” tashkil etiladi.

Shuningdek, 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab, talabalar tomonidan qoʻshimcha pullik taʼlim, konsalting va xizmat koʻrsatish boʻyicha tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun OTM bino va inshootlarining boʻsh turgan hududlari “nol” qiymatda ijaraga beriladi hamda talabalarning oʻqish davomida mehnat faoliyati olib borganligini hisoblash tartibi joriy etiladi;

Qarorda ko'rsatilishicha, Bosh vazir oʻrinbosarlari, vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari talabalar bilan har chorakda bir marotaba ochiq muloqotlar oʻtkazib boradi.

Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklarining oxirgi besh yildagi, Oʻzbekiston chempionatlari hamda kuboklarining oxirgi ikki yildagi gʻolib va sovrindorlari boʻlgan talabalarning trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishiga ruxsat beriladi.

Oliy va professional taʼlim muassasalarining bir qator yoʻnalishlarida pullik konsalting xizmatlari yoʻlga qoʻyiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер