Shavkat Mirziyoyev AQShdagi oʻzbekistonliklar bilan uchrashdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Vashington shahrida boʻlib turibdi.
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, davlat rahbariga AQShda ishlayotgan va taʼlim olayotgan bir guruh oʻzbekistonliklar peshvoz chiqqan. Shavkat Mirziyoyev ular bilan samimiy suhbatlashib, katta muvaffaqiyatlar tilagan.
Qayd etish joiz, tashrif davomida Mirziyoyev Oʻzbekiston Prezidenti Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh yetakchilarining “S5+1” formatidagi sammitida ishtirok etadi.
Tadbirlar dasturidan AQSh Kongressi va hukumati vakillari bilan muzokaralar, ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalarining rahbarlari bilan alohida uchrashuvlar hamda ishbilarmon doiralar ishtirokidagi davra suhbati ham oʻrin olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring