Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov Mayamidan gʻolib boʻlib qaytgan Jahon chempionlarini qutladi

10:02 14 Iyul 2022 Jamiyat
561 0

Foto: Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 2-7-iyul kunlari Amerika Qoʻshma Shtatlarining Mayami shahrida Karate WUKF boʻyicha Jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Mazkur musobaqada oʻzbekistonlik maktab oʻquvchilari Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, mutlaq Jahon chempioni boʻlib qaytishdi.

Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov gʻolib oʻquvchilar bilan uchrashib, oʻquvchilarni yuksak gʻalaba bilan muborakbod etdi.

Uchrashuv chogʻida Vatanimizda yosh avlodning sport bilan shugʻullanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, gʻolib oʻquvchilarning orzu-maqsadlari hamda trenerlarning sohada olib borayotgan faoliyatlari xususida suhbatlashildi.

Uchrashuv soʻngida gʻolib oʻquvchilarga kelgusi sport musobaqalarida bundanda yuqori choʻqqilarni zabt etishga tilak bildirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер