Qoraqalpogʻistonda tez kunlarda sport maydonchalari qurish ishlari boshlanadi

23:45 22 Iyul 2022 Jamiyat
943 0

Sportni rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Abdulla Aslonov hamda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining prorektori Noryigit Dusanovlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Adilbek Allanazarov bilan birgalikda bugun bir qator sport maktablari rahbarlari, trenerlari va xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazishdi.

Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi bugungi vaziyat tahlil qilinib, bu borada tushuntirish ishlarini avvalo trenerlardan boshlash kerakligi aytildi. Shuningdek, har bir trener tomonidan sportchi yoshlar ongiga Vatanga sadoqat, mardlik kabi fazilatlarni singdirish lozimligi taʼkidlanib, bu borada maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni kuchaytirish lozimligi bildirildi.

Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri oʻrinbosari A.Aslonov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri oʻrinbosari A.Allanazarov bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va «Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5282-sonli va “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-201-sonli qarorlari ijrosi boʻyicha Nukus shahridagi “Gʻarezsizlik”, Taxiatosh tumanidagi “Nurli keleshek”, “Taxiatosh”, Nukus tumanidagi “Tok taoʻ”, Xoʻjayli tumanidagi “Kumbiz”, “Abat” mahalla fuqarolar yigʻinlarida sport maydonchalari qurilishi uchun ajratilgan yer-maydonlari quruvchilar bilan birgalikda joyiga chiqib oʻrganildi.

Mutasaddilarga qurilish ishlarini tez kunlarda boshlash boʻyicha topshiriqlar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер