Senat Raisi boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatidagi infratuzilma va turizm sohalarida yirik loyihalar bilan tanishdi
Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatida boʻlib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati, aholining turmush darajasi va yangi infratuzilma bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida Termiz tumanidagi “Ayritom” mahallasida joylashgan Jahon savdo markazi faoliyati oʻrganildi. 36 gektar maydonda joylashgan ushbu markazda barcha davlat fuqarolari uchun 15 kungacha vizasiz kirib-chiqish imkoniyati, multivalyutada savdo qilish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, tibbiyot markazi, biznes maktab, mehmonxona, restoranlar hamda ijtimoiy xizmat koʻrsatish obyektlari barpo etilmoqda.
Ishchi guruh Termiz shahridagi “Eski shahar” mahallasida joylashgan viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazida 86,4 mlrd soʻm mablagʻ evaziga barpo etilgan tibbiyot klasteri faoliyati bilan ham tanishdi. Ushbu zamonaviy tibbiyot majmuasi 300 oʻrinli tibbiyot markazi, 450 oʻrinli oʻquv xonalari va konferensiya zaliga ega boʻlib, yuqori texnologik tibbiy xizmatlar koʻrsatish imkoniyatini yaratish bilan birgalikda viloyatning oliy maʼlumotli shifokorlarga boʻlgan talabini qondirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, bu yerda zamonaviy tibbiy xizmatlar ham yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, oʻta murakkab jarrohlik amaliyotlari, jumladan, ilk bor ochiq yurak jarrohlik amaliyoti oʻtkazilmoqda. Bugungi kunga qadar 100 nafarga yaqin bemorda bunday operatsiyalar muvaffaqiyatli bajarilgan.
Tashrif doirasida Senat ishchi guruhi Termiz shahridagi “Boqiy shahar” turistik majmuasi va undagi bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishdi. Majmua hududida musiqali favvora, zamonaviy turistik va gastronomik koʻchalar, dam olish maskanlari barpo etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring