Le Parisien: Luvrni talon-toroj qilishni chet ellik buyurtma qilgan boʻlishi mumkin
“Le Parisien” gazetasi xabariga koʻra, Luvr muzeyini oʻgʻirlash amaliyotining ortida chet ellik buyurtmachi turgan boʻlishi ehtimol qilinmoqda.
Nashr maʼlumotlariga koʻra, qoʻlga olingan ikki nafar ayblanuvchi soʻroq davomida jinoiy guruhlar tomonidan berilgan koʻrsatmalar asosida harakat qilganini tan olgan. Ulardan biri buyurtmachilar orasida chet elda yashovchi shaxs ham boʻlganini aytgan, ammo uning ismini ochiqlamagan.
Ayblanuvchilardan yana biri Luvr muzeyiga kirganini bilmaganini bildirgan. U oʻz bayonotida gapirar ekan, “men shunchaki shisha piramida yonida joylashgan bir muzeyga kirganman, deb oʻyladim”, degan.
Maʼlumotlarga koʻra, gumondorlar orasida ijtimoiy tarmoqlarda “Doudou Cross Bitume” taxallusi bilan mashhur boʻlgan, mototsiklda tryuklar bajaruvchi bloger ham bor. Tergovchilar uni bevosita muzey binosiga kirgan ikki nafar shaxsdan biri sifatida koʻrmoqda.
Hozirgi paytda toʻrt nafar gumondor hibsda saqlanmoqda va ularga rasman ayblov eʼlon qilingan. Ayblanuvchilardan ikkovi muzeydagi vitrinalarni buzgan, yana biri esa motorollerda oyna ostida ularni kutib turgani aytilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring