Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi
Foto: Toshkent viloyat hokimligi
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 6-noyabr kuni xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazilgan.
Unda viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi Ulugʻbek Toʻxtayevning joriy yil 27-oktyabrda boʻlib oʻtgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti tinglanib, deputat Sayyora Fayziyeva xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi raisi etib saylangan.
Shuningdek, maslahatlashuvda Prezident tomonidan Toshkent viloyati hokimi lavozimiga Zoyir Mirzayev nomzodi koʻrsatilganligi bildirilgan. Shundan soʻng Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining qarori bilan Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring