Joriy oʻquv yili uchun magistraturaga qabul kvotasi soni 16 933 ta, 10031 nafar talabgor hujjat topshirgan
AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati rahbari Moʻmin Ibodov 2022/2023 oʻquv yilida magistraturaga qabul jarayonlari natijalari boʻyicha maʼlumot berdi.
Magistraturaga qabul kvotasi toʻlmagan boʻlsada, yangi joriy qilingan tartibga koʻra bu yildan magistraturaga qabul bir yilda 2 marotaba amalga oshiriladi, yaʼni yanvar oyiga boʻsh oʻrinlarga yana konkurs tashkil etiladi.
Roʻyxatdan oʻtgan 5219 ta talabgorning 4582 tasi xorijiy til sertifikatiga ega. 637 nafar talabgor esa, tanlovda ishtirok etmaydigan turli imtiyozga ega boʻlganlardir.
Shundan 296 tasi davlat stipendianti, 159 tasi kimyo, biologiya va informatika yoʻnalishlari boʻyicha imtiyoz sohibi, 12 tasi esa, kimyo, biologiya, fizika va informatika fan olimpiadalari gʻolibi sanalishadi. 170 tasi esa, koʻzi ojizlar toifasiga kiruvchi aʼlo baholarga oʻqigan bitiruvchidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring