Joriy yilda gʻallani yetishtirish va xarid qilishni moliyalashtirish boʻyicha yangi tizim yaratildi

18:45 18 Iyul 2022 Siyosat
751 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Joriy yilda gʻallani yetishtirish va xarid qilishni moliyalashtirish boʻyicha yangi tizim yaratildi.

Fermerlarga jozibador narxlar taklif etilgani oʻz natijasini berdi.

Iyulda birjaga 88 ming tonna bugʻdoy chiqarilgani hisobiga 1 tonna bugʻdoyning oʻrtacha narxi 30 foizga arzonlashdi.

Davlat resursiga 1 million 842 ming tonna don xarid qilindi hamda fermer va klasterlar tomonidan don korxonalariga 574 ming tonna gʻalla saqlash uchun qoʻyildi.

Mutasaddilarga viloyat hokimlari bilan birga:

— har kuni birjaga kamida 10 ming tonnadan don chiqarib borish;

— 1-oktyabrgacha saqlash uchun qabul qilingan gʻallaning birjaga chiqarilishi hamda fermer va klasterlar bilan toʻliq hisob-kitob qilinishini tashkil etish topshirildi.

Viloyat, tuman va shahar hokimlari:

— bugʻdoy hosilini toʻliq yigʻib-terib olish va omborlarga yoʻqotishlarsiz joylashtirishi;

— bugʻdoyni birjaga oʻz vaqtida va toʻliq chiqarishi;

— hududidagi un va non mahsulotlariga boʻlgan talabni vaqtida va toʻliq qondirishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?