Joriy yil 23-oktyabr kuni Toshkent shahrida yoshlar huquqlari boʻyicha xalqaro forum boʻlib oʻtadi

18:39 01 Noyabr 2023 Jamiyat
324 0

AOKAda oʻtkazilgan brifingda inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi axborot xizmati rahbari Gʻulom Mirzayev ushbu forum haqida batafsil maʼlumot berdi.

Xalqaro forum Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 75 yilligi va Inson huquqlari boʻyicha Vena butunjahon konferensiyasining 30 yilligiga bagʻishlanadi.

Onlayn va oflayn tarzda oʻtadigan xalqaro forumning asosiy milliy tashkilotchisi Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Milliy markazi hisoblanadi. Shuningdek, mamlakatimizdagi barcha davlat va nodavlat yoshlar tashkilotlari xalqaro anjumanga faol jalb etilmoqda.

Xalqaro forumda yakuniy hujjat – Markaziy Osiyo yoshlarining huquqlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya qabul qilinishi rejalashtirilmoqda. Unda Forumning asosiy natijalari va amaliy tavsiyalari oʻz mujassamini topadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?