Meksikada kuchli yomgʻir va toshqinlar oqibatida 40 dan ortiq kishi halok boʻldi
Meksikada bir necha kun davom etgan kuchli yomgʻirlar va ular keltirib chiqargan toshqinlar natijasida kamida 41 kishi halok boʻldi. Bu haqda mamlakatning fuqarolar xavfsizligi va muhofazasi vazirligi maʼlum qildi, deb xabar bermoqda TASS.
Maʼlumotlarga koʻra, qurbonlarning katta qismi Idalgo (16 nafar) va Verakrus (15 nafar) shtatlariga toʻgʻri keladi. Hozirda 27 nafar bedarak yoʻqolgan fuqaroni qidirish ishlari davom etmoqda.
6–9-oktyabr kunlari mamlakatning bir qator hududlariga yomgʻir koʻp yogʻgan. Prezident Klaudiya Sheynbaumning koʻrsatmasiga muvofiq, jabrlangan hududlarda fuqarolarni himoya qilish rejalari ishga tushirilgan, armiya va dengiz piyodalari safarbar etilgan, vaqtincha boshpana va suvni tozalash punktlari tashkil etilgan.
Fuqarolar muhofazasi idorasi maʼlumotiga koʻra, beshta shtatda 320 mingdan ziyod aholi elektr taʼminotisiz qolgan. Shuningdek, 1000 kilometrdan ziyod avtomagistral yoʻllarga zarar yetgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring