Jonli ijro san’atini rivojiga xizmat qiluvchi qonun senatorlar tomonidan dastlabki tarzda muhokama qilindi
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Bugun, 9 yanvar kuni Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jonli ijro san’atini yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni muhokama qilindi.
Majlisda senatorlar, vazirlik va idoralar mas’ullari, ekspertlar, shuningdek, hududlardan mahalliy Kengashlarning Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari komissiyalari hamda Yoshlar parlamenti a’zolari ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, mazkur Qonun bilan Madaniyat vazirligining jonli ijro san’atini rivojlantirish, san’atkor, ijodkor hamda ijrochilarni qo‘llab quvvatlashga oid bir qator vakolatlari belgilanmoqda.
Xususan, Qonun bilan tadbirlar tashkil etish va o‘tkazishda jonli ijro yoki fonogrammadan foydalanish shakli va darajasini aniq belgilash, ijrochilar tomonidan fonogramma va mualliflik asarlaridan foydalanish bo‘yicha amaldagi qonunchilikka rioya etishlarini monitoring qilish hamda milliy san’at va madaniyat nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, fonogrammadan foydalanish darajasi haqida axborot berish tartibi, konsert-tomosha tadbirining dasturida ijrochilar va asar mualliflari aniq ko‘rsatilishi shart ekanligi hamda konsert-tomosha tadbiri reklamasida fonogrammadan foydalanish darajasi to‘g‘risidagi axborot umumiy reklama maydonining (sathining) kamida o‘n foizini tashkil etishi to‘g‘risidagi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Shuningdek, konsert-tomosha tadbirlarida musiqali va boshqa asarlarni ijro etishda fonogrammadan foydalanish darajasiga qarab ijrochilar tomonidan ijro qilish usullari belgilanmoqda.
Ushbu Qonunning qabul qilinishi konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish samaradorligini oshirishga, jonli ijro san’atini rivojlantirishga, iste’dodli ijrochilarni qo‘llab-quvvatlashga, jonli ijroni rag‘batlantirishning yangi mexanizmlarini joriy etishga xizmat qiladi.
Majlis so‘nggida Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Дунёнинг энг кекса кишиси Ўзбекистонда яшашига ишонасизми? Нега у ҳалигача Гиннеснинг рекордлар китобига киритилмаган?
- Dunyo aholisi qachon 9 milliarddan oshadi?
- Oʻzbekistonda “Xavflarni boshqarish” qoʻmitalari tuziladi
- Prezidentning Maxsus topshiriqlar boʻyicha maslahatchisiga qoʻshimcha vakolatlar berildi
- 2024-yilda 7 milliondan ortiq “paqilloqlar” va “salyutlar” bojxonada qoʻlga tushirilgan
- Janubiy Koreya prezidentini hibsga olish uchun order berildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring