Jon MakGregor: Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi YEXHT doirasidagi majburiyatlarga 90 foiz mos keladi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan Konrad Adenauyer jamgʻarmasi hamda YEHHTning Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori ofisi bilan hamkorlikda Davlat dasturining birinchi yoʻnalishi – Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish yoʻnalishi boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarning yarim yillik ijrosi natijalariga bagʻishlangan xalqaro onlayn davra suhbati shaklida oʻtkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Xalqaro onlayn tadbirda, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati aʼzolari, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, NNTlar, fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar elchixonalari va diplomatik korpus vakillari, xorijiy ekspertlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Videokonferensiyada Oʻzbekistonda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish yoʻnalishi boʻyicha joriy yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi. Bunda alohida eʼtibor mamlakatda yangi institut – Jamoatchilik palatasi tashkil etilganiga qaratildi.
— Davlat hokimiyati organlarining samarali faoliyat yuritishi, pirovardida, mamlakatning jadal taraqqiy etishida jamoatchilik nazorati omilining oʻrni beqiyos,— dedi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori Eldor Tulyakov. — Oʻzbekiston Respublikasi Jamoatchilik palatasining Prezident huzurida mutlaqo yangi institut sifatida tashkil etilishidan koʻzlangan maqsad ham fuqaro – jamoat tashkilotlari – davlat birligini mustahkamlash orqali xalqning hokimiyatdan, hokimiyatning xalqdan uzoqlashishining oldini olish, Konstitutsiyamizda belgilangan xalq hokimiyatchiligi prinsipini amalda roʻyobga chiqarishga qaratilgan.
YEHHTning Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori, Elchi Jon MakGregor Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasining ahamiyati haqida gapirar ekan, uni YEXHT doirasidagi majburiyatlar bilan taqqoslab koʻrilganida, 90 foiz holatda bir-biri bilan muvofiq ekani aniqlanganini qayd etdi.
Maʼlumki, bu yilgi Davlat dasturining birinchi yoʻnalishida 38 ta banddan iborat chora-tadbirlarni bajarish belgilangan. Yarim yillik sarhisobi bu borada islohotlar amalga oshirilganini koʻrsatdi.
Onlayn davra suhbati davomida senatorlar va deputatlar soʻzga chiqib, 2020-yilgi Davlat dasturining birinchi yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarni taqdim etishdi va bu borada parlament nazorati taʼminlanganligini taʼkidlab oʻtishdi.
Tadbir yakunida, 2020-yilgi Davlat dasturining 5 ta yoʻnalishi boʻyicha mahalliy va xorijiy ekspertlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar vakolatli organ hamda tashkilotlarga tegishli tartibda taqdim etilishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring