Jizzaxdagi bogʻchada bolalar ovqatdan zaharlandi. Ikki bola hanuz shifoxonada qolmoqda

Bolalar ombudsmani soʻrovi asosida Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida qayd etilgan bolalar zaharlanishi holati oʻrganilgan va nazoratga olingan. Bu haqda Bolalar ombudsmani maʼlum qildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 2-avgust kuni Paxtakor tumanidagi maktabgacha taʼlim muassasasida tarbiyalanayotgan I.F. (qiz bola, 2020-yilda tugʻilgan) va S.T. (qiz bola, 2019-yilda tugʻilgan) lar tana haroratining koʻtarilishi sababli ota-onasi tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan va bolalar ovqatdan zaharlanish tashxisi bilan gumonlanib, yuqumli kasalliklar boʻlimiga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat boʻyicha shu kunni oʻzida ushbu nodavlat taʼlim tashkilotida tarbiyalanayotgan qolgan 14 nafar bola ham maxsus kuzatuviga olingan va zarur muolajalar olib borilgan. Shundan soʻng ularda sogʻligidan shikoyatlar aniqlanmaganligi tufayli uylariga javob berilgan.
Maʼlum boʻlishicha, ovqatdan zaharlanish qayd etilgan bolalarning ikki nafari hozir ham shifoxonada davolanmoqda.
Ombudsmanning bildirishicha, epidemiologik surishtiruv davomida bolalarga nonushta payti berilgan oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olingan. “Hozirda Paxtakor tumani prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Tayinlangan tegishli ekspertiza natijasidan kelib chiqqan holda prokuratura tomonidan qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanishi va qoʻshimcha maʼlumot berilishi Bolalar ombudsmani tomonidan amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring