Jizzaxda tarbiyachi bogʻcha bolalarini shippak bilan kaltakladi

18:43 20 Iyun 2024 Jamiyat
225 0

Foto: Videodan kadr

Jizzax viloyatidagi bogʻchalarning birida tarbiyachi bolalarni shippak bilan kaltaklagani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi holat yuzasidan izoh berdi.

Bildirilishicha, holat viloyat va tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarma va tuman masʼullari tomonidan ishchi guruhi tuzilib, oʻrganilgan. Jarayonda tasvirda aks etgan hodisa tashkilot tarbiyachisi tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Shundan soʻng DMTT tarbiyachisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, u kecha, 19-iyun kunidan eʼtiboran egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda xizmat tekshiruvi davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?