Jizzaxda yer olib berish evaziga 200 ming dollar talab qilgan qurilish firmasi rahbari ushlandi
Videodan kadr
DXX yer maydonlarining noqonuniy sotilishi bilan bog‘liq bir qator holatlarga chek qo‘ydi. Xususan, Jizzaxda shamol elektr stansiyalari qurish uchun yer olib berish evaziga 200 ming dollar talab qilgan qurilish firmasi rahbari ushlangan.
Ma’lum qilinishicha, u tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirib, Yangiobod tumani hokimligida ishlovchi mansabdor tanishi yordamida, yopiq shaklda o‘tkaziladigan tender orqali unga mazkur tuman hududidan 200 gektar yer maydonini shamol elektr stansiyalari qurish uchun olib berish evaziga shuncha pul talab qilgan.
DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 100 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Jinoyatni to‘liq fosh etish maqsadida, qurilish firmasi rahbaridan olingan dastlabki ko‘rsatmalar hamda mavjud dalillarga asoslanib, uning Yangiobod tumani hokimligida mas’ul lavozimda ishlovchi tanishi ham qo‘lga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring