Jizzaxda nasos agregatlarini oʻzlashtirgan ombor mudiri aniqlandi

16:22 10 May 2023 Jamiyat
342 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sharof Rashidov tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Sirdaryo-Zarafshon” irrigatsiya tizimi havza boshqarmasi qoshidagi nasos stansiyalari energetika boshqarmasi ombor mudiri R.I. va boshqalar umumiy qiymati 408,3 mln soʻmlik 8 dona nasos agregatlarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?