Jizzaxda yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan jonivor aholi yashash joyiga kelib qoldi
Jizzax viloyati Baxmal tumanida aholi yashash joylariga kelib qolgan Seversov qoʻyi tabiatga qoʻyib yuborildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Unga koʻra, 25-avgust kuni Baxmal oʻrmon xoʻjaligi hududiga yaqin joylashgan aholi gavjum yashash joylariga Seversov qoʻyi — Qizilqum arxari kelib qolgan. Aholi vakillaridan biri arxarni tutib, Baxmal oʻrmon xoʻjaligining nozirlariga topshirgan.
Qizil kitobga kiritilgan, yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan jonivorning umumiy ahvoli nozirlar tomonidan veterinar koʻrigidan oʻtkazildi. Har tomonlama sogʻlom deb topilgan jonivor Nurota davlat qoʻriqxonasiga qarashli Falcon Solutcons MCHJ xodimlariga topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring