Jizzaxda ham bogʻcha bolalari ovqatdan ommaviy zaharlandi

11:14 10 Oktyabr 2025 Jamiyat
132 0

Jizzax viloyati Forish tumanidagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan 37 nafar tarbiyalanuvchi ovqatdan zaharlandi. Bu haqda Tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, kecha, 9-oktyabr kuni soat 9:00 lardan 16:00 ga qadar boʻlgan vaqt davomida Forish tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 1, 3, 5 va 7-sonli davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan 37 nafar tarbiyalanuvchilari isitma koʻtarilishi, koʻngil aynishi, qorin ogʻrigʻi, ich ketish va holsizlik kabi shikoyatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Shifokorlar tomonidan oʻtkazilgan epidemiologik surishtiruv davomida murojaat qilib kelgan bolalar 8-oktyabr kuni maktabgacha taʼlim muassasalarida biokefir, sir va sariyogʻ kabi mahsulotlarni isteʼmol qilishgani aniqlanib, ularga anamnez va birinchi tekshiruvlar asosida “oʻtkir diareya” tashxisi qoʻyilib, statsionar ravishda tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Aniqlanishicha, Jizzax viloyati sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining dastlabki xulosasiga asosan Forish tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 1, 3, 5 va 7-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ommaviy zaharlanish yuzaga kelishida oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, saqlash, ishlov berish jarayonlaridagi sanitariya qoida va normalarining buzilishi holatlari mavjudligi sababli inson organizmida oshqozon ichak hazm qilish tizimining buzilishiga olib kelishi mumkinligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Forish tuman prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер