Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga doir qonun muhokama qilindi
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Oliy Majlis Senatining oʻninchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilindi.
Maʼlumki, mamlakatimizda soʻnggi yillarda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Norma ijodkorligi faoliyatida huquqiy boʻshliqlarni toʻldirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilangan hamda huquqni qoʻllash amaliyotining bir xilligini taʼminlashga ham alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda.
Shu bilan birga, senatorlar huquqni qoʻllashda yagona amaliyotni taʼminlashga toʻsqinlik qiluvchi, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni keltirib chiqaruvchi hamda aholi va tadbirkorlarning ortiqcha sarson boʻlishiga sabab boʻlgan ayrim normalarni huquqiy jihatdan tartibga solish zarurati yuzaga kelayotganligini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Mazkur Qonun bilan 12 ta qonun hujjatiga, xususan, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi, “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari hamda Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilgan.
Senatorlar oʻz chiqishlarida ushbu Qonun jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari samarali himoya qilinishini taʼminlashga va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etishga xizmat qilishiga eʼtibor qaratdi.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Yunus Boʻriyev (foto), Otabek Saidahmadov
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring