JCh-2026. Oʻzbekiston terma jamoasi qurʼada qaysi savatchadan joy olishi aniq boʻldi
Foto: OʻFA
FIFA 2026-yilgi Jahon chempionati uchun qurʼa savatchalari haqida maʼlumot berdi. Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 3-savatchaga joylashtirildi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bugungacha mundialga chiqish yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan 42 jamoa maʼlum. Ular FIFA reytingiga koʻra savatlarga ajratilgan. Turnir boshlanguniga qadar yana 22 jamoa qolgan 6 ta yoʻllanma uchun kurashadi: Yevrupada — 4 ta, qitʼalararo pley-off orqali esa yana 2 ta yoʻllanma beriladi. Pley-offda gʻolib chiqqan jamoalar reytingiga qaramay, 4-savatchaga joylashtiriladi.

Eslatib oʻtamiz, mundialga qurʼa tashlash marosimi 5-dekabr kuni AQSh poytaxti Vashingtonda joylashgan “The Kennedy Center” majmuasida oʻtkaziladi. Ushbu nufuzli tadbirda OʻFA rahbariyati, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro, murabbiylar shtabi hamda FIFA tomonidan maxsus taklif etilgan oʻzbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov ishtirok etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring