Javohir Sindorov “Rustam Qosimjonov xalqaro turniri” gʻolibi boʻldi

15:43 01 Aprel 2023 Sport
1060 0

Foto: Illustrativ foto

“Rustam Qosimjonov xalqaro turniri” kutilgan va kutilmagan natijalarga boy kechdi.

Isteʼdodli shaxmatchi Javohir Sindarov 6,5 ochko jamgʻargan holda mamlakatimizda ilk bor tashkil etilgan “Rustam Qosimjonov xalqaro turniri”ning “Masters” guruhida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Eronlik shaxmatchi Parxam Magsudlu 6 ochko bilan 2-oʻrinni, hamyurtimiz Shamsiddin Vohidov 5 ochko jamgʻargan holda uchlikka yakun yasadi. Ushbu guruhda gʻoliblikka asosiy daʼvogar sanalgan Nodirbek Abdusattorov kuchli beshlikdan oʻrin oldi.

Xalqaro turnirning “Chellenjer” guruhida hamyurtimiz Ortiq Neʼmatov va serbiyalik Aleksandar Indjich 6,5 ochkoga ega boʻlishdi. Ammo, koeffitsiyentlar evaziga serbiyalik shaxmatchi 1-oʻrinni hamyurtimiz Neʼmatov ushbu guruhda 2-oʻrinni egallaganligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?