Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan “Madaniyatlar xilma-xilligi” festivalida oʻzbek milliy taomlari va sanʼati namoyish etildi

13:31 03 Iyun 2023 Madaniyat
661 0

“Xalqaro madaniyat kuni” munosabati bilan Janubiy Koreyaning Yoju shahrida “Madaniyatlar xilma-xilligi” festivali boʻlib oʻtdi.

Festivalda ushbu mamlakatdagi diplomatik missiyalar va xalqaro tashkilotlar, ijtimoiy, madaniy va ijodiy tashkilotlar, yetakchi turistik kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

Yurtimizning sayyohlik salohiyatini keng targʻib qilish, shuningdek oʻzbek xalqining boy madaniyatini namoyish qilish maqsadida Seuldagi Oʻzbekiston elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasi mazkur tadbir tashkilotchilari qatorida ishtirok etdi.

Festivalda 150 dan ortiq vatandoshlarimiz ham qatnashib, anʼanalarimizni oʻzida aks ettirgan chiqishlari, milliy raqs va qoʻshiqlari bilan ishtirok etdi.

Mohir oʻzbek pazandalari tomonidan festival ishtirokchilariga milliy taomlarimiz – palov, kabob, somsa va boshqa milliy taomlarimiz tortiq qilindi. Ayniqsa oʻzbek havaskor sanʼat vakillarining milliy qoʻshiq va raqslari festival dasturdan joy olgan millatlar konsert dasturlarida vatandoshlarimiz muvaffaqiyatli qatnashib, sovrinli birinchi oʻrin bilan taqdirlandilar.

Tadbir doirasida Janubiy Koreya jamiyatida faol boʻlgan bir qator vatandoshlarimiz Yoju shahar hokimiyati va Yoju chet elliklarni qoʻllab-quvvatlash markazining diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Festival doirasida diplomatik vakolatxona xodimlari Yoju shahar meri Li Chong Vu bilan alohida muzokaralar oʻtkazdi. Muloqot chogʻida Janubiy Koreya tomoniga bugungi kunda mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi amalga oshirilayotgan ijobiy oʻzgarishlar haqida maʼlumot berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?